11-aprel kuni Meksikada tennis boʻyicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi.
Ushbu turnirda Oʻzbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ilk uchrashuvini oʻtkazdi.
Istomin turnirning 1/16 final bosqichida braziliyalik Mateus Puchinelli de Almeydani 6:7, 6:1, 6:3 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa, oʻzbekistonlik tennischi turnirning 1/8 finaliga yoʻl oldi.
Denis Istominning keyingi raqibi amerikalik Ernesto Eskobedo boʻladi. Ayni vaqtda, Istomin ATP reytingida 296, Ernesto esa 143-oʻrinni egallab turibdi.
Qayd etish mumkin, “San Luis Potosi” turnirining gʻolibi 17-aprel kuni aniqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!