$
11990.54 UZS
-12.39
₽
146.24 UZS
-0.5
€
13136.84 UZS
-19.57
31° Kechasi 18°

Tibbiyot xodimlariga bir qator yengilliklar berilmoqda

11:33 / 13.09.2023

Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 5-sentabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi huzuridagi vrachlar va farmatsevtlarga malaka toifasini berish bo‘yicha appelyatsiya komissiyasi va jami 39 ta tibbiy yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu attestatsiyalarni ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda o‘tkazish tartiblari ham ishlab chiqildi. Mazkur yangi tartib shu yil sentabr oyidan boshlab sinov tariqasida vrach va farmatsevtlarga, 2024-yil 1-yanvardan boshlab esa barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

ZOOM dasturi orqali og‘zaki imtihon (suhbat) o‘tkazish Toshkent shahri va viloyati uchun Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosida zarur qurilmalar bilan jihozlangan xonalarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi mutaxassislar uchun Markazning hududlardagi ana shunday xonalarida o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, imtihon jarayonida talabgor uchun “Random” dasturi orqali tasodifiy tarzda bilet tanlanadi. Biletlar 5 ta savoldan iborat bo‘lib, ularga javob berish uchun ko‘pi bilan 15 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

Imtihon yakunida “Random” dasturi umumiy ballarning o‘rtacha qiymatini hisoblab beradi va o‘sha zahoti e’lon qiladi.

Vazirlik tomonidan bu jarayonlarni tashkil etishda texnik va dasturiy vositalar uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar yuklatildi.


Bu ham qiziq

Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Biror uy mustahkam bölişi uçun avvalo uning poydevori baquvvat qurilişi kerak. Siyosiy jarayonlarda ham xuddi şunday: quyi b…
15:00 / 23.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respu…
16:08 / 24.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!