$
12957.01 UZS
-11.33
132.13 UZS
-0.19
13485.66 UZS
-6.6
Kechasi -3°

“Toshkent” aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar “Uzbekistan Airports” balansiga o‘tkaziladi

09:53 / 04.06.2022

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 30-maydagi qarori bilan “Toshkent-2” xalqaro terminali va ichki qatnovlar uchun mo‘ljallangan “Toshkent-3” terminalining  avtoturargohlari, shuningdek, poytaxt aeroporti hududiga tutash joylardagi avtoturargohlar Uzbekistan Airports balansiga o‘tkaziladi.

“Ushbu hududlarning o‘tkazilishi avtoturargohlarni avtomatlashtirish, aerovokzal oldidagi hududlarni qaytadan qulay loyihalashtirish, yo‘lovchilarni kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun ko‘proq qulayliklar yaratish hamda o‘z yechimini kutayotgan taksi xizmati bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkonini beradi. Avtoturargohlarda to‘xtash joyi uchun to‘lovni inson omilisiz amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kompaniya avtoturargohlarning joylashuvi va ulardan foydalanish davomiyligini (soat, sutka) hisobga olgan holda moslashuvchan tarif tizimini ishlab chiqmoqda”, – dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Jo‘rayeva.

Qayd etilishicha, keyinchalik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan avtoturargohlarni baholash va aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushini oshirish bo‘yicha tegishli buyruq qabul qilinadi. Shundan so‘ng tegishli tartibda yagona aksiyador – Moliya vazirligi tomonidan davlat kompaniyaning ulushini oshirish va avtoturargohlar qiymatini ustav kapitaliga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va nihoyat, barcha amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha kadastr hujjatlarini Kadastr agentligi tomonidan “Munitsipal mulklarni boshqarish markazi” DUKdan “Uzbekistan Airports” AJ nomiga qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

31-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

31-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:52 / 30.01.2025
O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

Bu haqda statistika agentligi tahlillarida ma’lum qilinmoqda.
12:57 / 30.01.2025
Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiya bilan madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida mashhur qo‘shiqchi va ijrochi Mashu Komazaki o‘zbek madaniya…
18:28 / 30.01.2025
Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov …
10:29 / 29.01.2025
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga o…
14:35 / 30.01.2025
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

29-yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonl…
22:30 / 29.01.2025
ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

AQSh texnologik kompaniyalari AI sanoatida ustunlikni saqlab qolishiga ishonch bildirmoqda.
12:54 / 30.01.2025
30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:40 / 29.01.2025
Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya etamiz” – …
15:00 / 29.01.2025
Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tiz…
16:37 / 30.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!