2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili boshlangunga qadar rejalashtirilgan barcha 14 ta harakat tarkibi (56 ta vagon) metropoliten vagon parkiga olib kelindi.
Yangi harakat tarkiblarining xarid qilinishi natijasida Toshkent metropoliteni vagon parkini qariyb 70 foizga yangilashga erishildi.
Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda. Natijada yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanish oralig‘i, ayniqsa, kunning tig‘iz vaqtlarida sezilarli darajada qisqartirildi.
Bugungi kunda kunning tig‘iz vaqtlarida:
▪Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqalik;
▪O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqalik;
▪ Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqalik;
▪Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida esa 7–8 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!