Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yo‘nalishi 1-noyabr kunidan boshlab faoliyatini to‘liq tikladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Poyezdlar orasidagi interval 7 daqiqani tashkil etmoqda. Bu jamoat transportida tezlik va muntazamlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Avvalroq ushbu yo‘nalish 18-oktyabr atrofida qayta ishga tushishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini takomillashtirish hamda poyezdlar harakatini ikki barobar tezlashtirish maqsadida ochilish sanasi 1-noyabrga ko‘chirilgan.
Yo‘nalishdagi texnik sinovlar davomida poyezdlar harakatini barqarorlashtirish, signalizatsiya tizimini yangilash va xavfsizlik talablarini kuchaytirish ishlari amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, butun yo‘nalish taxminan ikki oy, ayrim bekatlar esa uch oydan ortiq muddat faoliyat ko‘rsatmadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!