$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

10:01 / 15.11.2023

Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining kuzatuv kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin:

a) Toshkent tibbiyot akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etish;

b) Universitet tarkibida:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida belgilangan tartibda jalb etiladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikasi etib qayta tashkil etish.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va innovatsion o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, klinika va o‘quv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
  • fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
  • xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;
  • universitet ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini ta’minlash;
  • respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va qadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish;
  • universitetni 2025-yilgacha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
  • universitet moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Belgilanishicha:

a) universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

b) universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

v) Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi universitet diplomi beriladi;

g) universitet klinikasi, akademik litseyi, Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutining muassisi universitet hisoblanadi va ularning faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;

d) universitet tarkibiy tuzilmalari davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;

e) universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga ko‘ra sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 


Bu ham qiziq

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!