Bugun, 5-oktyabr kuni soat 09:06 da Toshkent viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Toshkent tumani Binokorlar ko‘chasida joylashgan polietilen ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:15 da yetib borib, soat 09:40 da yong‘in o‘rab olingan hamda soat 10:04 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!