$
12093.35 UZS
4.37
155.22 UZS
0.75
13867.44 UZS
65.45
31° Kechasi 18°

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

14:28 / 05.10.2025

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisi o‘zaro til biriktirib, noqonuniy boylik orttirishni maqsad qilishadi.

Ular, tasarrufida 452 gektar yer maydoni bo‘lgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikni kelgusi yil sholi yetishtirish taqsimotiga kiritish, eksport rejasi bajarilganligini tasdiqlash, taqsimotsiz sholi yetishtirgan holatiga nisbatan chora ko‘rmaslik, shuningdek, go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklari faoliyati bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvda uni himoya qilish evaziga xo‘jalik rahbaridan joriy yilning iyun oyida 10 ming AQSh dollari olishadi.

Keyinroq esa hokimi o‘rinbosari yer maydonini davlat zaxirasiga olib qo‘yish va fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘attirish bilan tahdid qilib, qo‘shimcha 20 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini o‘zining hamtovog‘i bo‘lgan mutaxassis orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Navoiy viloyatida kuzatilgan holatda esa Karmana tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga mas’ul bo‘lgan hokim yordamchisi noqonuniy ravishda 40 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, 2024-yilda boshqa bir fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yo‘li yoqasidagi 12 kvadrat metr yer maydonini uni nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 mln so‘m talab qilgan.

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

Yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi.
16:11 / 19.07.2026

														
														20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:49 / 19.07.2026

														
														Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Davlat mehnat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, agar anomal issiq paytida mehnat sharoiti xodimning hayoti yoki sog‘lig‘i …
12:23 / 19.07.2026

														
														IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya q…
11:44 / 19.07.2026

														
														Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi…
11:36 / 18.07.2026

														
														Zangiotadagi zapravkada yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

Zangiotadagi zapravkada yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 16-iyul kuni kechasi avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida (AGTS…
11:33 / 18.07.2026

														
														Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida 17-iyuldan 19-iyulgacha – ikki kun muddatga poyezdlar harakati …
16:34 / 17.07.2026

														
														18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:10 / 17.07.2026

														
														Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

O‘zbekistonda yirik avariyalarning oldini olish uchun ayrim hududlarda elektr 2 soatga o‘chiriladi.
16:03 / 17.07.2026

														
														Dam olish kunlari issiq yanada kuchayadi

Dam olish kunlari issiq yanada kuchayadi

Seshanbadan harorat 6−9 darajaga pasayishi va issiq chekinishi kutilmoqda.
14:21 / 17.07.2026

Bu ham qiziq

Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida 17-iyuldan 19-iyulgacha – ikki kun muddatga poyezdlar harakati …
16:34 / 17.07.2026
Nasiya savdo va kredit reklamalarida yakuniy narxni ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

Nasiya savdo va kredit reklamalarida yakuniy narxni ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan kredit, muddatli to‘lov va nasiya savdoga oid reklamalarda tovar yoki xizmat…
10:26 / 16.07.2026
Bugun, 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 15-iyul soat 20:00 dan 16 -iyul soat 20:00 gacha
17:06 / 15.07.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha vi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha vi

Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘r…
16:25 / 16.07.2026
Tramp yong‘inlar tutuni uchun Kanadaga qo‘shimcha boj joriy qilmoqchi

Tramp yong‘inlar tutuni uchun Kanadaga qo‘shimcha boj joriy qilmoqchi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni AQSH hududiga tarqalayotgani uchun Ottavani tanqid qildi v…
15:20 / 19.07.2026
Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashab

Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashab

Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida …
16:53 / 16.07.2026
Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026
18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:10 / 17.07.2026
Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

O‘zbekistonda yirik avariyalarning oldini olish uchun ayrim hududlarda elektr 2 soatga o‘chiriladi.
16:03 / 17.07.2026
Xorijda tahsil olayotgan yoshlar davlat va xususiy sektorga ishga jalb qilinadi

Xorijda tahsil olayotgan yoshlar davlat va xususiy sektorga ishga jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar va yangi avlod rahbarlarini saralash hamda 2030-yilgacha milliy kadrl…
15:20 / 16.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!