Toshkent viloyatidagi ayrim mahallalarning chegara hududlari o‘zgarmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o‘tgan "Namuna" mahallasi va boshqa mahallalarning chegaralariga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra:
– “Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlog‘i) hududi (jami 35 ta aholi xonadoni, 1 ta ko‘cha va 124,467 gektar yer maydoni bilan) Olmaliq shahar Muqumiy mahallasi tarkibiga;
– “Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlog‘i) hududidagi 38.3 gektar aholi yashash punktlarisiz yer maydonlari Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi tarkibiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!