Toshkent shahrida taqiqlangan joylarda sigaret chekkanlarga jarima jazosi qo‘llanilayotgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarning birida yozilishicha, ko‘chada sigareta chekkanlik holati bo‘yicha 3 nafar foydalanuvchisiga 90 ming so‘mdan jarima qo‘llashgan.
“Ko‘chada chekkanlik uchun 90 ming so‘m jarimaga tortishdi. Guruhimizga huddi shunday 3 ta holat bo‘yicha yozishdi. Ulardan biri elektron sigareta uchun”, – deyiladi Telegram kanallarning birida.
“Erim hozir uyga kelayotganida tamaki chekkani uchun jarimaga tortishibdi. Jarima 90 ming so‘m, telefonga SMS keldi. Agarda tezda to‘lasak, 63 ming so‘m ekan. Hamma chekyapti-ku yoki men nimadandir bexabarmanmi? Aynan qayerda chekish kerak?” – deb yozadi ulardan biri.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari poytaxtda chekish uchun ajratilgan maxsus belgili joylar deyarli yo‘qligini aytadi.
Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasiga ko‘ra (ish joylarida, sog‘liqni saqlash, taʼlim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, bundan tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno) bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima (90 ming so‘m) solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!