$
12191.30 UZS
-29.68
158.51 UZS
0.13
14464.98 UZS
-30.32
31° Kechasi 18°

Toshkentda Telegram-bot orqali giyohvandlik savdosi va 2,3 mln dollarlik kripto aylanmasi fosh etildi

15:35 / 04.01.2026

Toshkentda giyohvandlik moddalari savdosi uchun Telegram-bot ochib, turli kriptohamyonlar orqali 2 mln 375 ming dollarlik kripto-aktiv aylanmasini amalga oshirganlar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Telegram messenjerida noqonuniy giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus bot fosh qilingan. Shuningdek, ushbu bot orqali kripto-aktivlarni olish, o‘tkazish, ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 1997-yil yilda tug‘ilgan A. , 2001-yilda tug‘ilgan Sh. va T. ismli shaxslar qo‘lga olingan va ular tomonidan mazkur bot boshqarilib kelinayotgani aniqlangan. O‘tkazilgan tadbir davomida 4 dona telefon, 3 dona noutbuk, 12 dona turli xildagi bank plastik kartalari, 11 dona simkartalar, qog‘ozga o‘ralgan giyohvandlik moddalar topilib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, gumonlanuvchilar A. hamda Sh. ning telefon apparati ko‘zdan kechirilganda xorijiy hamda boshqa elektron kriptohamyonlar orqali 95 mingga yaqin tranzaksiyalar amalga oshirilgani va umumiy hisobda 2 mln 375 ming dollarga teng bo‘lgan miqdordagi kripto-aktivlar aylanmasi amalga oshirilgani aniqlangan. Shuningdek, gumonlanuvchi Sh. bilan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida mazkur shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus kanal ular tomonidan boshqarilgani aniqlangan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi A. ning xonadoni xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda, uning yashash manzilidan 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-(Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish), 243-(Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 251-1-moddalari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Buyu…
17:22 / 17.02.2026

														
														Raqobat qo‘mitasi ovqatlanish korxonalarini Ramazonda “aksiya setlar”ni majburlab sotmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi ovqatlanish korxonalarini Ramazonda “aksiya setlar”ni majburlab sotmaslikka chaqirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini Ramazon oyid…
15:51 / 17.02.2026

														
														Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan ikkita omborxonada qiymati 2 milliard so‘mga yaqin yaroqlilik muddati o‘tgan va kon…
15:29 / 17.02.2026

														
														O‘zbekistonga bir oyda qariyb 1 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga bir oyda qariyb 1 mln nafar turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik m…
14:19 / 17.02.2026

														
														2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026/hijriy 1447-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaq…
13:59 / 17.02.2026

														
														Telegram tarmog‘ida yangi firibgarlik turi ommalashmoqda

Telegram tarmog‘ida yangi firibgarlik turi ommalashmoqda

Bugungi raqamli dunyoda xavfsizlik — eng oliy vazifa. Videoda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan yangi turdagi…
11:48 / 17.02.2026

														
														O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarda 24 ta malakani …
11:09 / 17.02.2026

														
														Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2000 dan ortiq masjidda tarovih namozi o‘qiladi

Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2000 dan ortiq masjidda tarovih namozi o‘qiladi

Ertaga, 18-fevral kunidan boshlab respublika bo‘ylab 2000 dan ortiq masjidda tarovih namozlari o‘qiladi. Bu haqda IIV Jamoat…
10:53 / 17.02.2026

														
														Qo‘qondagi “dom”da yong‘in chiqib, bir kishi halok bo‘ldi

Qo‘qondagi “dom”da yong‘in chiqib, bir kishi halok bo‘ldi

Kecha, 16-fevral soat 21:18 da Qo‘qon shahar, Muqimiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy yonayotganligi to‘g‘risida “112” tizimi orq…
08:58 / 17.02.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQShda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQShda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoa…
08:41 / 17.02.2026

Bu ham qiziq

AQSh Maduro va rafiqasini qo‘lga olish uchun 3 mlrd dollar sarflagan

AQSh Maduro va rafiqasini qo‘lga olish uchun 3 mlrd dollar sarflagan

Biroq mintaqada AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 6 oylik harbiy ishtiroki uchun umumiy xarajatlar 2,9 mlrd dollardan osh
09:49 / 16.02.2026
Fazoga sun’iy yo‘ldosh uchirish va birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Fazoga sun’iy yo‘ldosh uchirish va birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirish hamda birinchi o‘zbek fazogirini tayyorlash bo‘yicha dastlabk…
18:10 / 16.02.2026
Toshkentda kuryer yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda kuryer yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

YTH natijasida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
14:29 / 16.02.2026
Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan ikkita omborxonada qiymati 2 milliard so‘mga yaqin yaroqlilik muddati o‘tgan va kon…
15:29 / 17.02.2026
Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026
Japarov uch nafar vazirni ishdan oldi

Japarov uch nafar vazirni ishdan oldi

Xabar berilishicha, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek…
14:48 / 16.02.2026
Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlik qo‘lga olindi

Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlik qo‘lga olindi

YPX xodimi texnik nosoz bo‘lgan mashinani boshqarib yurgan chet el fuqarosini to‘xtatib, uning hujjatlarini tekshirmoqchi bo…
16:35 / 16.02.2026
Andijonda transmilliy jinoiy guruh 9 kg dan ortiq gashish bilan ushlandi

Andijonda transmilliy jinoiy guruh 9 kg dan ortiq gashish bilan ushlandi

Qirg‘izistondan Andijon viloyati orqali transmilliy jinoiy uyushma a’zolari tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik vositala…
10:49 / 16.02.2026
O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarda 24 ta malakani …
11:09 / 17.02.2026
17-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

17-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin.
16:57 / 16.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!