2026-yil 18–19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida Xalqaro migratsiya forumi o‘tkaziladi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida tashkil etilmoqda.
doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida plenar sessiyalar, mehnat migratsiyasi, gender, yoshlar, malaka va iqlim mavzulariga bag‘ishlangan panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvlar, matbuot anjumani hamda yangi hamkorlik kelishuvlari rejalashtirilgan.
Forumda BMT tizimi, xalqaro tashkilotlar, hukumat vakillari, Yevropa va Osiyodan ish beruvchilar, ekspertlar hamda OAV vakillari qatnashadi. Tadbirda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning asosiy g‘oyasi — xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani barqaror taraqqiyot omili sifatida rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!