Toshkent shahri “Erkin” yo‘l-patrul xizmati maskanida 612 kilogramm sifatsiz go‘sht olib ketayotgan “Cobalt2 haydovchisi ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” yo‘l-patrul xizmati maskanida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm – Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” to‘xtatilib tekshirilganda, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan avtomobil saloni va yukxonasida hech qanday veterinariya ma’lumotnomasi bo‘lmagan, 22 ta qopga solingan jami 612 kilogramm noma’lum hayvonga tegishli go‘sht borligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu go‘sht sifati va qaysi hayvonga tegishli ekanini aniqlash maqsadida poytaxt Veterinariya va chorchachilikni rivojlantirish boshqarmasiga topshirilgan.
Haydovchining qayd etishicha, u ushbu go‘shtni 1 million so‘m evaziga olib ketishga rozi bo‘lgan, qanday go‘sht ekanligini bilmagan va unga Sergelida kutib olishlarini aytishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!