O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini muvafaqiyatli ravishda bajardi.
“Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor – Karachi” yo‘nalishi bo‘ylab 2 760 km yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkentga yetkazib keldi.
Bu joriy yilning 26-27-mart kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonning yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokidagi transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhining uchrashuvi samarasi ekanligi aytilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olingan edi.
Uch tomonlama saʼy-harakatlar natijasida bugun ushbu transport koridorining to‘laqonli faoliyat yuritishi, yuklarning qisqa fursatlarda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi taʼminlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!