Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi kanallardan birida eshak go‘shti oqib kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi izoh berdi.
“Oqqo‘rg‘onda 13 ta eshakni ichak-chavoqlari va suyaklari tashlab ketilgan holat yuzasidan ishchi guruh tuzildi va o‘rganish ishlari boshlandi” – deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, voqea tumanning “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida sodir bo‘lgan. Mahalla aholisi va mas’ullar bilan suhbatlashib, huquqbuzarlarni aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!