Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va ko‘chalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini ma’lum qildi.
“Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentyabrigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi.
Ishlar asosan tungi vaqtda bajariladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning og‘irligini his qilmasliklari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Ish birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (ShMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yer osti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.
Hurmatli fuqarolar,
Ish jarayonida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham noqulayliklar tug‘ilishi muqarrar. Biz oldindan uzr so‘raymiz va vaziyatni tushunishingizni so‘raymiz, chunki bu qisqa muddatli qiyinchiliklar uzoq muddatli qulaylik uchun xizmat qiladi”, – hokimlik xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!