$
11833.37 UZS
35.91
139.79 UZS
0.02
13577.61 UZS
-30.76
31° Kechasi 18°

“Toyloqtumangaz”dagi baxtsiz hodisadan 7 kun o‘tib, hokimlik munosabat bildirdi

14:42 / 26.03.2022

Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimligi “Toyloqtumangaz” gaz taʼminoti korxonasida yuz bergan baxtsiz hodisadan 7 kun o‘tib “tilga kirdi”.

Hokimlik o‘z munosabatida joriy yilning 18 mart kuni soat 15:00larda “Toyloqtumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi elektron gaz hisoblagich muhandisining xizmat xonasida portlash sodir bo‘lgani, natijada 2 nafar xodim hamda 2 nafar murojaat bilan kelgan fuqarolar tan jarohati olganini tasdiqlab, hodisaga konditsionerning portlashi sabab bo‘lganini maʼlum qilgan. 

“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra mazkur xonada o‘rnatilgan va ishlab turgan “Artel” rusumli konditsioner chaqnashi natijasida xonada portlash sodir bo‘lganligi aniqlangan. Voqea joyidan nosoz holatda kelgan bir dona konditsioner ashyoviy dalil sifatida olingan”, – deyiladi hokimlik munosabatida.

Shuningdek, tan jarohati olgan fuqarolarning ahvoli yaxshi ekanligi ham maʼlum qilingan.  

Hokimlik, shuningdek, mazkur holat bo‘yicha “asoslantirilmagan xabarlar tarqalayotgani” haqida ogohlantirib, fuqarolardan aniq va ishonchli manbalardan axborot olishlarini so‘ragan.

Shu o‘rinda ayrim savollar paydo bo‘ladi: 4 kishini jarohatlagan baxtsiz hodisaga nega o‘z vaqtida (toki internet nashrlarida eʼlon qilinmagunicha) rasmiy munosabat bildirilmadi?

Xabardor.uz tahririyatiga kelib tushgan murojaatda xonada gaz hidi sezilgani haqida gap borgan edi. Shunda baxtsiz hodisaga konditsionerning portlashi sabab bo‘lganmi yoki ishlab turgan konditsioner xonada to‘plangan gaz hisobiga portlaganmi?

Nega portlash bo‘lgan xona tezda taʼmirlab qo‘yildi? Yoki nega korxona mutasaddilari jabrlanganlardan hech qayerga murojaat qilmasliklarini so‘radi?..

Hokimlik hodisa xronologiyasini keltirish bilan birgalikda yuqoridagi savollarga ham javob bersa, yaxshi bo‘lar edi...   


Bu ham qiziq

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026
18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-…
17:15 / 17.09.2026
Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berildi. Viloyat harbiy ma’muriy…
14:19 / 16.09.2026
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

“Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘us…
17:25 / 15.09.2026
Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab ayrim mutaxassislarga har …
14:23 / 16.09.2026
Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026
Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!