BMT Bosh kotibi Isroilning G‘azodagi Nosir kasalxonasiga bergan havo hujumini keskin qoraladi.
Bayonotga ko‘ra, hujum tibbiyot xodimlari va jurnalistlarning o‘limiga sabab bo‘lgan va bu ularning shafqatsiz to‘qnashuv sharoitida o‘z hayotiy funksiyalarini bajarish chog‘ida duch keladigan tahdidlarni yana bir bor namoyish etadi. Bosh kotib tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari va jurnalistlar hamisha himoya qilinishi kerakligini ta’kidlab, voqeani zudlik bilan va xolis tergov qilishga chaqirdi.
Shuningdek, u tibbiyot xodimlari va jurnalistlar xalqaro gumanitar huquq normalariga muvofiq o‘z vazifalarini hech qanday aralashish va bosimsiz bajarishlari shartligini ta’kidlagan.
BMT rahbari yana bir bor zudlik bilan va barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga, G‘azoga gumanitar yordamning to‘siqsiz yetib borishiga va barcha garovga olinganlarni shartsiz ozod qilishga chaqirganligi bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023- yilning 7-oktyabridan hozirgacha G‘azoda 62 622 falastinlik halok bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!