AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektoridagi mojaro ikki-uch hafta ichida nihoyat hal etilishiga ishonmoqda.
U bu haqda Oq uyda Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvi avvalida jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
“O‘ylaymanki, yaqin ikki-uch hafta ichida biz mojaro bo‘yicha yaxshi, yakuniy xulosaga kelamiz”, dedi Tramp. “Bu haqda gapirish qiyin, chunki ular ming yillar davomida kurashib kelishgan, bu yer doimo keskinlik o‘chog‘i bo‘lgan”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni davom ettirib, anklavga katta zarbalar berib, yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni buzgan edi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning XAMAS radikal harakati vositachilar va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff tomonidan ilgari surilgan takliflarni qabul qilishdan bosh tortgani bilan izohlab, sektordagi operasiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini aytdi. Radikallar jangovar harakatlar qayta boshlanganida Isroil va AQShni aybladi.
8-avgust kuni Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi bosh vazir Benyamin Netanyaxu taklif qilgan G‘azo shahri hududini butun nazoratga olish va Falastin anklavidagi operasiyani kengaytirish rejasini ma’qulladi. 20-avgust kuni Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas ushbu rejani tasdiqlagani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!