So‘nggi bir oyda turistik sayohat xizmatlari narxlari o‘rtacha 6,6 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning iyul oyida turistik sayohat xizmatlari narxlari iyun oyiga nisbatan o‘sishga erishgan bo‘lsa, ushbu narxlar yil boshidan buyon o‘rtacha 7,8 foizga qimmatlashgan.
Shuningdek, turistik sayohat xizmatlari narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 10,1 foizga oshgani kuzatilgan.
Avvalroq, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 2,4 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. nafarga yoki 2,2 baravarga oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!