Turkiya armiyasi Suriya bilan chegarada harbiylarini to‘plashda davom etmoqda, bu mamlakatning yangi operatsiyaga tayyorgarligi bo‘lishi mumkin.
Hukmron adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Omer Chelik turk armiyasi topshiriq olgandan so‘ng darhol operatsiyani boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara bo‘ylab 30 kilometrlik xavfsizlik zonasini tashkil etish, mamlakatga tahdid soladigan terroristik hujumlarning oldini olish uchun muhim qadam hisoblanadi.
Anqara kurd qurolli guruhlarini o‘z xavfsizligiga tahdid qilishda ayblamoqda.
Turkiya Mudofaa vazirligi bunday operatsiyalarni o‘tkazish xalqaro huquq va o‘zini himoya qilish prinsipi doirasida uning tabiiy huquqi ekanligini aytib o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!