O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan edi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, vafot etgan Inessa Papernayaning qonida va ichki organlarida karboksigemoglobin (59 foiz) va vodorod sulfidining izlari topilgan. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Xabardor.uz’ga ma’lum qildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 20-oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada rossiyalik ikki fuqaro hamda mehmonxonaning boshqa xonasidan o‘zbekistonlik bir nafar fuqaroning jonsiz jasadi topilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!