Bugun, 16-noyabr kuni soat 00:10 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi 50-uy qarshisida, haydovchi 2004-yilda tug‘ilgan Sh.M. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 2004-yilda tug‘ilgan D.S.larga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!