29-mart kuni soat 10:00 dan Labo avtomobillarining 18 ming dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi, deya xabar bermoqda UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, kompaniya bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirgan. Bunga sabab sifatida ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmagani ko‘rsatilgan.
UzAuto Motors avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023-yilning dekabr oxirida 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘linganini bildirgandi. Ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!