$
11891.18 UZS
-46.71
141.83 UZS
0.07
13753.34 UZS
-15.82
31° Kechasi 18°

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pog'onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi

17:37 / 04.08.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq toʻlash shartlarini muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Soʻnggi yillarda davlat xizmatida kadrlarni tanlash, ishga joylash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan alohida qonun qabul qilindi. Davlat organlarida boshqaruv xodimlarining shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingdan 54 mingtaga maqbullashtirildi.

Taqdimotda amaldagi mehnatga haq toʻlash tizimida saqlanib qolayotgan nomutanosibliklar tahlil qilindi.

Bugungi kunda davlat xizmatchilari ish haqi tarkibida lavozim maoshining ulushi 15 foizdan oshmaydi. Ish haqi fondining 70 foizgacha qismini xodimning aniq natijasiga bogʻlanmagan turli ustama, mukofot va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tashkil qiladi.

Natijada bir xil lavozimda va oʻxshash vazifalarni bajarayotgan xodimlarning ish haqi oʻrtasida katta farq yuzaga kelgan. Ayrim vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari xodimlari viloyat, tuman va shahar hokimliklaridagi xuddi shunday lavozim egalari bilan solishtirganda tenglik prinsiplariga amal qilinmayotgani qayd etildi.

Mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Aksariyat davlat organlarida qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha 50 dan ortiq alohida normativ hujjat amal qilmoqda.

Shu bois, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona, ochiq va natijaga asoslangan tizimini joriy etish taklif qilindi.

Yangi tizim bilan 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olish koʻzda tutilgan. Davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va shahar darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab maʼmuriy boshqaruv, asosiy va qoʻllab-quvvatlash guruhlariga ajratiladi.

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pogʻonadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi. Oʻndan ortiq ustama va mukofotlar oʻrniga uchta asosiy ragʻbatlantirish toʻlovi joriy etiladi.

Jumladan, malaka darajasi, xodimning funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi asosida baholanadigan samaradorlik koʻrsatkichlari – KPI uchun ustama toʻlanadi.

Shuningdek, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan hamda yuqori natija koʻrsatgan xodimlarga hisobot davri yakunlari boʻyicha bonus toʻlovlari berish nazarda tutilmoqda.

Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi oʻxshash lavozimlar maoshidan yuqori boʻlmaydi. Tuman va shaharlarda ish haqi hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.

Eng muhimi, har bir davlat xizmatchisi ish haqi qanday shakllanishi, qaysi natija uchun ustama yoki bonus olishini oldindan biladi. Bu xodimlarning samaradorligi, tashabbuskorligi va masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari mehnatga haq toʻlash tizimida adolat va shaffoflikni taʼminlash, ish haqini xodimning malakasi, masʼuliyati hamda erishgan natijalari bilan bogʻlash muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, bonus toʻlovlari xodimning ilgʻor axborot texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellekt, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgani, tajriba va malakasini oshirgani kabi aniq mezonlar asosida toʻlanishi belgilandi.

 


O‘zbekiston


														
														Test natijasidan norozi abituriyentlar apellyatsiya berishi mumkin

Test natijasidan norozi abituriyentlar apellyatsiya berishi mumkin

Test natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15–24-avgust kunlari my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tar…
13:32 / 16.08.2026

														
														Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

2026-yilning yanvar—iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar mablag‘ kelib tushdi. Bu haq…
13:27 / 16.08.2026

														
														Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoda yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan.
13:23 / 16.08.2026

														
														Oliy sud Tomdi sudi raisi YTH haqidagi xabarni rad etdiOliy sud

Oliy sud Tomdi sudi raisi YTH haqidagi xabarni rad etdiOliy sud

Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva 15-avgust kuni majlisga ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgan…
13:19 / 16.08.2026

														
														Qahramon qutqaruvchi Boburmirzo Pardayev halok bo‘ldi

Qahramon qutqaruvchi Boburmirzo Pardayev halok bo‘ldi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yuz bergan yong‘inni o‘chirish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus qutqaruv bata…
10:05 / 16.08.2026

														
														“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filialida 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
10:00 / 16.08.2026

														
														Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugun, 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduq…
17:20 / 15.08.2026

														
														Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“O‘zbek boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, mashhur sportchi va murabbiy Ru…
16:23 / 15.08.2026

														
														Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Mamlakatimizda an’anaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rganish, ularg…
14:41 / 15.08.2026

														
														“Ishonchni himoya qilish” tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati

“Ishonchni himoya qilish” tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo chekkan qonunga ko‘ra, sud-huquq islohotlari doirasida fuqaro va tadbirkorlarning m…
14:16 / 15.08.2026

Bu ham qiziq

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

2026-yilning yanvar—iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar mablag‘ kelib tushdi. Bu haq…
13:27 / 16.08.2026
Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“O‘zbek boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, mashhur sportchi va murabbiy Ru…
16:23 / 15.08.2026
14-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI13-avgust soat 20:00 dan 14-avgust soat 20:00 gacha
16:18 / 13.08.2026
Tailanddan O‘zbekistonga olib kirilgan katta miqdordagi sintetik narkotik moddalar fosh etildi.

Tailanddan O‘zbekistonga olib kirilgan katta miqdordagi sintetik narkotik moddalar fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor…
15:49 / 13.08.2026
Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Toshkentning Uchtepa tumanida o‘zlarini ko‘p qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, xonadon egalarining 574…
16:49 / 14.08.2026
Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugun, 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduq…
17:20 / 15.08.2026
O‘zbekistonda tadbirkorlar 3 oy litsenziyasiz ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar 3 oy litsenziyasiz ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar ayrim faoliyat turlarini litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan turib 3 oy davomida amalga oshirishi…
17:37 / 14.08.2026
Gemini auditoriyasi 1 milliarddan oshdi: Google AI poygasida yangi marrani zabt etdi

Gemini auditoriyasi 1 milliarddan oshdi: Google AI poygasida yangi marrani zabt etdi

Google’ning sun’iy intellektga asoslangan Gemini servisi oylik faol foydalanuvchilari soni bo‘yicha 1 milliardlik chegaradan…
10:47 / 14.08.2026
Boysunda yong‘in sodir bo‘ldi

Boysunda yong‘in sodir bo‘ldi

Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
13:16 / 15.08.2026
15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja…
17:57 / 14.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!