Tailandda bedarak yo‘qolgan rossiyalik opa-uka o‘ldirilgani aniqlandi
Tailandda bedarak yo‘qolgan 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakat Bosh vaziri hodisa yuzasidan marhumlarning yaqinlaridan uzr so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, opa-uka 26-iyul kuni mototsiklda uydan chiqib ketgan va shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan. 31-iyul kuni politsiya ushbu jinoyatda gumonlanib, avval sudlangan ikki nafar mahalliy fuqaroni qo‘lga oldi.
Gumonlanuvchilar aybiga iqror bo‘lib, rossiyalik opa-ukaning jasadlari yashirilgan joyni ko‘rsatgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mototsiklni tortib olmoqchi bo‘lishgan, biroq opa-uka qarshilik ko‘rsatgani sababli ularni o‘ldirishgan.
Voqea joyiga Tailand Bosh vaziri ham tashrif buyurdi va yuz bergan fojia munosabati bilan marhumlarning yaqinlaridan uzr so‘radi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!