Toshkentda o‘z uyidan majburan chiqarilib yuborilganlar murojaati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
Joriy yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarida “New Port” turar-joy majmuasida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslar tomonidan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor ko‘chasi, 19-uyda yashovchi fuqarolarga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilmayotganligi va ushbu uy noqonuniy buzilayotganligi haqida videomaterial tarqalgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mega Logistics Servise” MCHJ mansabdor shaxslari yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashovchi fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lsa-da, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlanganligi aniqlangan.
Shuningdek, qurilishga tegishli ruxsatnoma olmasdan turib, ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar-joy binolarini o‘zboshimchalik bilan qurilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, “Mega Logistics Servise” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan bo‘lib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!