Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi suv taqsimlash inshootida rejali profilaktika ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 3-avgust soat 10:00 dan 4-avgust soat 10:00 gacha poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Profilaktika davomida mutaxassislar diametri 1200 millimetrli 2 ta va 800 millimetrli 3 ta magistral zulfinni almashtiradi. Ishlar suv tarmoqlaridagi bosimni me’yorlashtirish, suvni bir maromda taqsimlash, tizim ishonchliligini oshirish hamda elektr energiyasi sarfini kamaytirishga qaratilgan.
Vaqtinchalik uzilish:
22 ta mahalla;
884 ta ko‘p qavatli uy;
7 006 ta yakka tartibdagi xonadon;
242 ta davlat va ijtimoiy soha muassasasi;
33 017 nafar aholini qamrab oladi.
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mahallalar hamda davlat va ijtimoiy soha muassasalariga ichimlik suvi maxsus avtotransport vositalari orqali yetkazib beriladi.
Mas’ullar aholidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, zarur miqdorda ichimlik suvi zaxirasini oldindan tayyorlab qo‘yishni tavsiya etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!