Olmazor tumanida 9 qavatli uy yonida mehmonxona qurish uchun qazilgan kotlovan cheti o‘pirilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mazkur hodisa 2-avgust kuni Orzu massivi, 3-uy manzilida joylashgan qurilish obyektida yuz bergan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda elektr kabeli shikastlanib, yong‘in chiqqani, ishchilar orasida jarohatlanganlar borligi ko‘ringan. Toshkent shahar hokimligi hodisa oqibatida bir nafar fuqaro jabrlanganini tasdiqladi.
Aloqador MCHJ mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasida (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!