Li Ketsyan 2013-yilning martidan 2023-yilning martigacha Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi – Xitoyning oliy davlat ijroiya organi bosh vaziri lavozimida ishlagan. DPA agentligi bu lavozimni boshqa mamlakatlardagi bosh vazir lavozimi bilan taqqoslaydi.
So‘nggi yillarda Li o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Iqtisodchi sifatida ta’lim olgan Li bir vaqtlar Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) rahbarligiga yetakchi nomzod hisoblangan, ammo so‘nggi yillarda Xitoy rahbari Si Szinpin tomonidan “borgan sari chetga surilgan”, deb ta’rif beriladi. Shu tariqa, 2023-yilda Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi bosh vaziri lavozimini ko‘pincha Si Szinpinning o‘ng qo‘li deb ataladigan Li Syan egalladi.
Li Ketsyanning o‘zi bu lavozimni tark etdi, chunki Xitoy qonunchiligi uni uchinchi muddatga qayta saylanishiga imkon bermagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!