Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan yuqori va yangi texnologiyalar xalqaro yarmarkasida superkarga o‘xshash, parrakli avtomobilning aqlli “samolyot”ga aylanishi namoyish qilindi. Mazkur ishlanma Xitoyning “XPeng Aero HT” kompaniyasiga tegishli.
“XPeng” uchadigan avtomobili yerda ham havoda ham erkin harakat qiladi. Yerda yurganda taxlanuvchi parragini kuzov ichiga yashiradi va avtomobil ixcham, harakati xavfsiz transport vositasiga aylanadi, deyiladi xabarda. Mazkur uchar avtomobil kelasi yilning yanvarida AQSHda boʻlib oʻtadigan isteʼmol elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida namoyish qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!