Xorazm viloyati Urganch shahrida ichki ishlar organi bo‘lim boshlig‘i avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xabardor.uz'ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4-avgust kuni Urganch–Xiva yo‘nalishida Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i Y.T.ga biriktirilgan Lacetti xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan) sodir bo‘lgan.
Oqibatda Y.T. hodisa joyida vafot etgan. Qayd etilgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!