Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi hududida Madaniy meros agentligi bilan kelishilmagan ko‘ngilochar tadbir o‘tkazilgani ortidan Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori M. Mavlonqulovga hayfsan berildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.
Agentlik o‘rganishlariga ko‘ra, 3-oktyabr kuni o‘rda hovlisida “A.klub” nomi ostida bir guruh ayollar ishtirokida “Chopon pati” tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir muzey-qo‘riqxona rahbariyati tomonidan agentlik bilan belgilangan tartibda kelishilmagan.
Madaniy meros agentligining 2024-yilda qabul qilingan buyrug‘iga muvofiq, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy-ma’rifiy, ommaviy va boshqa tadbirlar agentlik bilan belgilangan tartibda kelishilishi lozim.
Shuningdek, muzey-qo‘riqxona hududi madaniy meros obyekti sifatida alohida muhofaza qilinadi. Unda tadbirlar tashkil etishda obyektning tarixiy qiyofasini asrash hamda muhofaza va foydalanish talablariga rioya etish shart.
Holat yuzasidan direktor M. Mavlonqulovga xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
Madaniy meros agentligi kelgusida madaniy meros obyektlari va muzey-qo‘riqxonalar hududida tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishini ma’lum qildi.v
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!