Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Nara shahri meri Gen Nakagava boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya orasida Forest Home, Morinaraduketen, Clam Group, Nara Kotsu Bus Lines, Withonoware, Rire Stage, Seiwa Giken, Sakurug, Seiyo Kosan, Reiwa Switch va boshqa Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bor edi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mehmonxona biznesi kabi sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari eksportini Yaponiya bozoriga kengaytirish masalalariga qaratildi.
Yaponiya tomoni 17-aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumni tashkil etishni yuqori baholab, uning Nara va Samarqand shaharlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Yaponiya delegatsiyasi vakillari o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!