$
11952.10 UZS
36.46
145.21 UZS
-0.98
13779.58 UZS
30.12
31° Kechasi 18°

Yerdan ixtiyoriy voz kechish hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtiriladi

10:26 / 17.09.2022

Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198 sonli Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra bir qancha tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan bekor qilindi.

Yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda:

yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo‘lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;

yerdan ixtiyoriy voz kechishni hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza huquqni bekor qilish uchun asos bo‘ladi);

yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish;

yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko‘chmas mulkini berish, bunda ko‘p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin.

Turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:

turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;

sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish.

2023-yil 1-yanvardan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integrasion axborot tizimi (UzKAD) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.

Farmonga ko‘ra, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulk sotilganda, kreditorning roziligiga ko‘ra, sotib oluvchi mulk qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lashi mumkin.

Shuningdek, mansabdor shaxslar va xizmatchilarning quyidagi harakatlari xususiy mulk huquqini erkin amalga oshirishga aralashish va daxlsizligini buzish, deb hisoblanadi hamda jinoiy javobgarlikka tortishgacha choralar qo‘llaniladi:

mulkka erkin egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishni cheklash, taqiq qo‘yish, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni asossiz rad etish, mulkdor yoki uning mulkiy huquqlariga ta’sir o‘tkazish;

mulkdorning xo‘jalik faoliyatiga yoki mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan hosil va mahsulotni realizasiya qilish hamda daromadlarni tasarruf etishga aralashish;

xususiy mulk obyekti va u joylashgan hududga mulkdor ruxsatisiz kirish;

mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, foydalanishga berish yoki tasarruf etishga aralashish, bu to‘g‘risida huquqiy hujjat qabul qilish;

mulkdorga uning ixtiyoriga zid tarzda mol-mulki bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa davlat va jamoatchilik vazifalarini yuklash yoxud nomaqbul shartlarni qo‘yish;

mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq to‘lamasdan foydalanish;

mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga oid ma’lumotlarni so‘rash yoki bunday ma’lumotlarni mulkdorning ruxsatisiz ishlatish;

mulk va mulkiy huquqlardan sud qarorisiz mahrum etish yoki mulkdorga ulardan voz kechishga qaratilgan majburlov choralar qo‘llash, tazyiq o‘tkazish yoxud mol-mulkni tasarruf etishga doir asossiz talablarni qo‘yish.

Endilikda ko‘char mulk o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yilganda mulkdor ta’qib qilish orqali uni qaytarib olishi, ko‘chmas mulkka nisbatan esa unga o‘zboshimchalik bilan kirgan yoki egallab olgan shaxsni chiqarib yuborish orqali egaligini tiklashi mumkin bo‘ladi.

Farmonga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mulkiy huquqlariga nisbatan “Xabeas korpus” instituti keng joriy etiladi. Bunda surishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bog‘liq qarorlari ko‘rib chiqish uchun sudga kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan holatlar qisqartiriladi.

Fuqarolik sudlarida mol-mulkni o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan da’vogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Farmonga ko‘ra, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi.

F.Ibroximov – Farg'ona viloyati Buvayda tuman adliya bo‘limi inson
huquqlarini himoya qilish va huquqni
qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi
yetakchi maslahatchisi


Bu ham qiziq

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan shaxs 100 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olayotg…
14:35 / 09.08.2026
“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

Avstriya kansleri Kristian Shtoker farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishni ish sifatida baholamaslik haqidagi bayonoti uchun onala…
14:44 / 08.08.2026
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 64,3 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 64,3 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra 64,3 milliard dollarga yetdi. Iyul oyida mamlakat…
11:07 / 09.08.2026
Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI7 avgust soat 20 dan 8 avgust soat 20 gacha
16:45 / 07.08.2026
Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026
Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun 8 avgu…
15:31 / 08.08.2026
Elektromobil olmoqchi bo‘lganlarga avtokredit foizining bir qismi davlatdan qoplab berilishi mumkin

Elektromobil olmoqchi bo‘lganlarga avtokredit foizining bir qismi davlatdan qoplab berilishi mumkin

O‘zbekistonda elektromobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismini davlat tomonidan qoplash taklif etilmoqda.
14:48 / 09.08.2026
Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor bortida yo‘lovchi bo‘lgan uchuvchisiz havo taksisi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘isto…
10:37 / 08.08.2026
O‘zbekistonlik bokschi AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik bokschi AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQShda immigratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq holat sabab…
14:55 / 08.08.2026
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8-avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘t…
12:29 / 09.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!