Buxoroda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini obro‘sizlantiruvchi video olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan hamda haqoratlagan ikki nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, YPX xodimi xizmat mashinasida o‘z vazifasini o‘tayotgan vaqtida uning ortidan harakatlanayotgan boshqa bir avtomobil ichidagi fuqarolar inspektorni qoidabuzarlikda ayblab, to‘xtatgan. Ular to‘xtagan inspektorni savolga tutib, videoga olgan. Holatni anglay olmagan xodimni go‘llikda aylab, uning shaʼniga qo‘pol so‘zlar ham ishlatgan. Fuqarolar videoni qoidabuzar inspektor qabilida ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi tomonidan ushbu sud ishi mazmunan ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, inspektor qoidani buzmagani aniqlangan. Ikki fuqaroga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan BHMning 20 baravari (6,8 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!