Joriy yilning 26-avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Qirguzar MFY Nazarbek temir yo‘li ko‘prigi ostida “Turkiston-Toshkent”yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan U. M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasining salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. (Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchi bo‘lmagan)
Ushbu yong‘in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!