$
12009.29 UZS
-4.23
154.74 UZS
-5.21
13699.00 UZS
49.24
31° Kechasi 18°

Uy hayvonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar

23:11 / 11.09.2019

Ko‘pchilik uy hayvonlarini boqishga qiziqadi. Ammo ular haqida hamma ham yetarlicha ma’lumotga ega emas. Mushuk, it, sigir va boshqa mavjudotlarning ham o‘ziga yarasha siri bor. Ba’zida ularning imkoniyatlari odamnikidan ham ko‘proq bo‘ladi.

Mushuklar

Интересные факты о домашних животных

Ushbu mo‘ynali hayvonlar juda ham ozoda bo‘ladi. Mushuklar vaqtning to‘rtdan bir qismini mo‘ynalarini yalash bilan o‘tkazishadi. Bu ish poklik va tozalik uchun emas. Mushuk mo‘ynasida uning sog‘ligi va hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan D vitamini mavjud bo‘lib, uni olish uchun shunday qilishadi. 

Yo‘qolgan hayvonlarning hammasi ham uzoq joydan uyini topib kela olmaydi. Bunday qobiliyat mushuklargagina xos. Ko‘zlarini berkitib uzoq masofaga adashtirib kelinsa ham, baribir qaytib kelaveradi. Ular buni qanday qilishlari noma’lum. Bu yerda ularga yordam beradigan tabiiy mexanizm mavjud. 
Mushuklar o‘ziga xos quloqlari bilan ultratovush tekshiruvini o‘tkazadi. Buning yordamida ular tashqi muhitni yanada yaxshiroq eshitib, sichqonlar va boshqa kemiruvchilarni ovlay oladi.

Mushuklarning yana bir sezgir organi mo‘ylovi bo‘lib, ular radarga o‘xshaydi. Uning yordami bilan hatto uzoq masofadagi o‘ljasini ham sezadi.

Itlar

Ajablanarlisi shundaki, bu hayvonlar inson tanasida saraton o‘smasi mavjudligini hidlab bilishlari mumkin.

Itlar tarkibida shokolad bo‘lgan ovqatni iste’mol qilmasliklari kerak. Ular uchun shokolad zaharli bo‘lib, juda og‘ir kasallikka olib kelishi mumkin.

Itlar ajoyib hid bilish qobiliyatiga ega. Masalan, qutilarga joylangan juda ko‘p olmalar orasidan chiriganlarini topishga qodir. Shuning uchun bu hayvonlardan chegara va bojxona xizmatlarida taqiqlangan moddalarni qidirib topishda foydalaniladi.

Itning burni noyob izga ega – bu inson barmog‘idagi chiziqlar kabi individualdir.

Qizig‘i shundaki, dalmatin kuchuklari dog‘larsiz tug‘iladi. Dog‘lar ular ulg‘ayganida paydo bo‘ladi.

Qushlar

Aniqlanishicha, to‘tiqushlar ovoz paychalariga ega emas. Ular tumshug‘i va tili bilan tovush chiqaradilar.

Qushlar o‘z juftiga juda sodiq bo‘ladi. Biroq, bitta to‘tiqushning o‘limidan so‘ng, ikkinchisi darhol yangi do‘st topishi kerak. Aks holda, u omon qolmasligi mumkin.

To‘tiqushlar juda hasadgo‘y. Agar erkak to‘tiqushning o‘zini tutishi o‘zgargan bo‘lsa, jufti uni o‘tkir tumshuqlari bilan shafqatsizlarcha rashk qiladi. Shuning uchun, erkak to‘tiqushlar sezdirmay boshqa urg‘ochilarga qiziqish bildirishadi.

Erkak va urg‘ochi to‘tiqushlar naslga nisbatan har xil munosabatda bo‘lishadi. Urg‘ochisi bolalarini navbat bilan boqadi, erkagi esa eng baland ovozda qichqirgan bolasiga ovqat beradi. Go‘yo, og‘zini tezroq “yopishga” urinayotgandek.


Kemiruvchilar

Omon qolish nuqtai nazaridan kalamushlar yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar orasida birinchi o‘rinda turadi. Ular boshqa mavjudotlar uchun chidab bo‘lmaydigan va o‘limga olib keladigan sharoitlarda ham tirik qoladilar.

Bu hayvonlar aql bovar qilmaydigan tezlikda ko‘payadi. Kalamush uch oy davomida bolalarini olib yuradi va birdaniga 10 tagacha ko‘payishi mumkin. Bir yil davomida bitta juftlik deyarli million kalamushni ko‘paytirishi mumkin ekan.

Kalamushlar aynigan mahsulotlarni osongina sezadi. Shuning uchun hech qachon ularga teginmaydi.

Akvarium baliqlari

Ba’zi urg‘ochi baliqlar bolalarini xavfdan himoya qilish maqsadida og‘izlariga solib yuradilar. Payti kelganda, ular yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi. Ba’zi urg‘ochilar esa bolalarini boshqa baliqlar oldida tug‘ishadi. 

Sigirlar

Bu hayvonlar hech qachon iflos joydagi o‘tlarni yeyishmaydi. Sigirlar sheriklarini tomosha qiladi va sheriklaridan ko‘p narsani o‘rganadi. Masalan, agar ulardan biri elektr toki bilan urilgan bo‘lsa, boshqalari unga yaqinlashmaydi.

Sigir ko‘zlari yumuq bo‘lsa ham uxlamaydi. Bu hayvonlar uchun eng muhimi – dam olishdir. Sigirlar cho‘chqalar kabi uxlashni yoqtirmaydi. Ular alohida-alohida yotishni afzal ko‘radi. Umuman olganda, bu hayvonlar uzoq vaqt davomida o‘z joylarini toza tutishadi. Sigirlar hech qachon loyli yo‘ldan yurishmaydi.


Bu ham qiziq

Putinga keskin murojaat qilgan Viktoriya Bonya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Putinga keskin murojaat qilgan Viktoriya Bonya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Bloger va teleboshlovchi Viktoriya Bonya O‘zbekistonga tashrif buyurib, paxta dalasidan turib mamlakat Prezidenti Shavkat Mi…
12:18 / 27.06.2026
Debyut mundial: na zavq oldik, na natija

Debyut mundial: na zavq oldik, na natija

2026 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi va endi turnirning eng qiziqarli qismi — pley-off bosqichi…
15:48 / 28.06.2026
Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Matbuot kotibi Pokistonning harakatlarini “qo‘rqoq, tajovuzkor va vahshiy jinoyat” deb atadi va ularni qoraladi.
10:53 / 29.06.2026
Venesuela zilzila oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan qanday yordam qabul qildi?

Venesuela zilzila oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan qanday yordam qabul qildi?

Joriy yilning iyun oyida Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar mamlakatga katta zarar yetkazdi.
17:28 / 27.06.2026
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining ko‘payishi …
09:49 / 29.06.2026
Husanov eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi

Husanov eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi…
12:48 / 27.06.2026
Namanganda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Namanganda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Namangan viloyatining Pop tumanida yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh…
14:17 / 27.06.2026
O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi…
16:39 / 26.06.2026
Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media fo…
15:29 / 26.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

Forumda jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, media ekspertlari hamda soha vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.…
10:20 / 27.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!