O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi bo‘lgan 48 davlat futbolchilari orasida eng yuqori daromad topuvchi o‘yinchilar reytingiga kiritildi. Bu haqda Forbes Sport nashri xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Husanov mazkur reytingdan joy olgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Qayd etilishicha, futbolchining bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Shundan 5 million dollar maosh va futbol faoliyatidan tushadigan daromad hissasiga to‘g‘ri kelsa, yana 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari hamda boshqa manbalardan kelib tushadi.
Forbes Sport nashrining yozishicha, Husanovning asosiy hamkorlaridan biri «Puma» kompaniyasi hisoblanadi. Shuningdek, 2025 yilda ishga tushirilgan AK45 energetik ichimliklar brendi ham futbolchining umumiy daromadini hisoblashda inobatga olingan. Reytingning birinchi pog‘onasini bir yillik 280 million dollar daromad bilan Krishtianu Ronaldu egalladi. Ikkinchi o‘rindan 130 million dollar bilan Lionel Messi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!