$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Zamonaviy gipnoz asoschisi tug‘ilgan kun. Kundalik hayotda qanday qilib gipnoz holatiga tushib qolish mumkin?

11:38 / 23.05.2020

1734-yil 23-mayda avstriyalik shifokor, zamonaviy gipnoz asoschisi Frans Anton Mesmer dunyoga kelgan. U insonlar nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham kelajak va o‘tmishini, ichki organlarini magnitli uyqu yoki trans holatida ko‘ra olishini, kasalliklarni tan olishi va davolash usullarini aniqlashini o‘rganib chiqadi. Ya’ni, Frans Mesmer zamonaviy gipnoz asoschisi hisoblanadi. Quyida ushbu shifokor hayoti va gipnoz asoslari haqida so‘z boradi.

Mesmer hayoti va karyerasi
Frans Mesmer 1759-yil Venadagi yurisprudensiya universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo bir yil o‘tib o‘z yo‘nalishini tibbiyot sohasiga o‘zgartiradi. Universitetni tugatishi bilanoq, Venada amaliyotni boshlaydi. Ko‘p o‘tmay 1768-yilda o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan Anna Marii fon Posh bilan turmush qurish orqali jamiyatning yuqori qatlamiga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Annaning otasi yosh oilaga Landshtrassedan katta uy sovg‘a qiladi. Shifokor Mesmer u yerda konsert zali va laboratoriya tashkil qiladi. Uning o‘zi ham musiqa chalishni juda yaxshi ko‘rar edi. Shuningdek, shifokorning bastakor do‘stlari ham ko‘p bo‘lgan. Hatto aynan uning uyidagi konsert zalida 12 yoshli Motsartning yangi kuyining premyerasi bo‘lib o‘tgan.
Mesmer insonni ong osti orqali davolash mumkinligiga ishongan. Shuningdek, u falsafada romantizmga ham o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan.

Gipnoz nima?

Bemorlarni davolash va kasalliklarni aniqlash uchun gipnoz bir necha ming yillar davomida ishlatib kelinadi. Shuningdek, uning psixoterapiya usuli sifatidagi samaradorli isbotlangan.

“Gipnoz” so‘zi yunoncha “tush” degan ma’noni anglatadi. Ushbu terminni tibbiyotda “tibbiy gipnoz” yoki “gipnoterapiya” deb qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Gipnoterapiya trans holati texnikasiga asoslanadi. Transning o‘zi ongning maxsus vaqtinchalik holati bo‘lib, uning yordamida diqqat-e’tiborni bir joyga jamlash qiyinlashadi va o‘z-o‘zini boshqarish zaiflashadi. Bu holatga kundalik holatda ham ko‘p tushishimiz mumkin. Masalan, uyqudan uyg‘onganimizda yoki qandaydir monoton faoliyat bilan shug‘ullanganimizda, transportda yurganimizda va boshqa hollarda.

Gipnoz qanday hollarda qo‘llaniladi?
Gipnoterapiya ichak faoliyati buzilishini davolashda tavsiya etiladi. Undan stomatologiya, jarrohlik, tug‘ruq paytida og‘riqni yo‘qotish uchun ham foydalaniladi. Shuningdek, gipnoz insonning ongsiz ravishda chiqargan xulosalarini o‘zgartirishga imkon beradi. Shu bilan birga, gipnoterapiya uyqusizlik, stress, xavotir, tushkunlik, vaznni kamaytirish va chekishga qarshi kurashishda faol tarzda qo‘llaniladi. Bemorlarni davolashda tibbiy gipnozdan foydalanish boshqa davolash usullariga qaraganda yaxshiroq natijalar berishiga dalillar mavjud.

Seans qanday o‘tkaziladi?
Mashg‘ulotlar tinch va xavfsiz joyda – mutaxassis xonasida bo‘lib, bir soatgacha davom etishi mumkin.

Trans holatidan qanday chiqiladi?
Mutaxassis mijozga xonaga qaytishini aytadi, diqqat-e’tiborini tovushlarga qarattiradi. Mijoz o‘zini qanday his qilganini va nimani sezganligini aytib beradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjudmi?
•  Miya shikastlanishi, yurak-qon tomir kasalliklari, miya chayqalishi;
•  Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan mastlik;
•  Galyutsinatsiya va normal xatti-harakatlarning jiddiy buzilishida;
•  Epilepsiya;
•  Yuqori harorat;
Homiladorlik paytlarida ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!