$
12939.93 UZS
24.03
162.03 UZS
-0.41
14725.64 UZS
67.39
25° Kechasi 16°

Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish JKning 244-moddasi bilan malakalanadi

19:52 / 15.03.2020

Endi shu kunga qadar “diniy statya” hisoblangan Jinoyat kodeksining 244-moddasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatishga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.

SSV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan @koronavirusinfouz telegram kanali bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi:

“Barcha OAV va blogerlarni axborot sohasida qonunchilikka jiddiy va to‘liq amal qilishlarini so‘raymiz, ya’ni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish "OAV to‘g‘risida" qonunining 6-moddasi, "Axborotlashtirish to‘g‘risida" qonunining 12 prim 1 moddasi va Jinoyat Kodeksini buzish hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib keladi”.

Shuningdek, xabarda Jinoyat Kodeksi, modda 244-1, 2-qism: 
"Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish — 

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

“Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi", deyiladi kanalda.

Ma’lumot uchun, bugun, 15-mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov boshchiligida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani haqida komissiya yig‘ilishi va OAV uchun press-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Jurnalist va blogerlarga yetarlicha axborot berildi, savollariga batafsil javob keltirildi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi d…
18:31 / 26.05.2025
Italiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Italiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
10:38 / 26.05.2025
Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

Prezident tomonidan mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliy…
12:09 / 26.05.2025
O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

“O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi”, – deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” 26–30-may kunlari…
15:27 / 26.05.2025
Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Sekin hayot (slow living) nima?“Slow living” — bu har bir kunni, har bir harakatni, har bir daqiqani ongli ravishda yashash …
12:18 / 26.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryo viloyatida ota va o‘g‘il, shuningdek ularning qo‘shnisi quduqni tozalash paytida zaharli gaz bilan zaharlanish nati…
20:04 / 26.05.2025
Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning birinchi choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi ma’ruzasida mamlakat avtom…
19:46 / 26.05.2025
O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi bahslar uchun qaydnomasi ma’lum  (foto)

O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi bahslar uchun qaydnomasi ma’lum (foto)

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston saralashning 3-bosqichda “A” guruhidan o‘rin olgan holda 8-turdan keyin 17 ochko bilan ikkinchi …
14:51 / 26.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!