$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Harbiy qismdagi 65 mlrd. so‘mlik qurilishni “olib berish” evaziga $30 ming talab qilgan guruh qo‘lga olindi   

16:04 / 21.07.2021

Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning rahbari va yurist-konsulti 4 nafar jinoiy sheriklari bilan kelishgan holda, boshqa bir qurilish firmasi boshlig‘iga Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd. so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilishadi va oldindan 30 ming AQSh dollari so‘rashadi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar Mudofaa vazirligining umumiy qiymati 110 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi boshqa qurilish obyektlarini surxondaryolik ikki mijozga olib berishni rejalashtirganliklari ham ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida kuzatilgan yana bir shunga o‘xshash holatda esa 1973-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan shaxs va 1978-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Chinoz tumanidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan birining rahbari bo‘lib ishlovchi 1975-yilda tug‘ilgan ayol hamda muqaddam xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tizimida faoliyat yuritgan 1972-yilda tug‘ilgan ayol bilan kelishgan holda, qurilish firmasi vakiliga ushbu hududdagi ko‘pqavatli uylarda umumiy qiymati 5 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlarini olib berish evaziga undan 25 ming AQSh dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ular avans sifatida 10 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam ichki ishlar idoralarida ishlagan shaxs jinoiy sherigi bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini o‘zlashtirishni reja qiladi.

U ichki ishlar organlaridagi mansabdor tanishlari orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni IIV Akademiyasi qoshidagi serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 13 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida firibgarlar so‘ralgan puldan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil qilish maqsadida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 240 mln. so‘m kredit olish uchun “Agrobank”ning tuman filialiga murojaat qiladi. Biroq bank xodimlari turli vajlar bilan unga kredit ajratishni kechiktirib keladi.

DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Agrobank”ning Sardoba tuman filiali ish o‘rganuvchisi ushbu kreditni olib berish evaziga 24 mln. so‘m talab qilib, shundan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!