15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Turkiyada 1-noyabrdan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi. Tegishli qoidalar Resmi Gazete rasmiy nashrida e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga o‘z xizmatlarini ko‘rsata olmaydi.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun platformalar shaxsiy ma’lumotlarni kuchaytirilgan himoya qiladigan maxsus rejim yaratishi kerak bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarning barcha faol foydalanuvchilari 2027-yil 31-martgacha yoshini tasdiqlashi shart. Buning uchun e-Devlet davlat elektron platformasi orqali identifikatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!