Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika tarmoğida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va investorlar bilan muloqotda ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, joriy yilda uçinçi mis boyitiş fabrikasi işga tuşirilgan. Mazkur loyiha hisobiga mis işlab çiqariş hajmi 300 ming tonnaga yetkaziladi. Keyingi bosqiçda esa uşbu körsatkiçni 2030-yilga borib 500 ming tonnaga olib çiqiş közda tutilgan.
Hozirda Özbekistonning mis zaxiralari 47 million tonnani taşkil etadi. Davlat rahbari dunyoda yiliga 500 ming tonna mis işlab çiqaradigan davlatlar sanoqli ekanini qayd etdi.
Şuningdek, mamlakatdagi mis va kritik minerallar zaxiralari, salohiyatli yoşlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar sohaga 20 yilga möljallangan yirik loyihalarni jalb etiş uçun imkoniyat yaratişi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!