Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda. Unga köra, banklar muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yillik 18 foiz stavkada kredit ajratadi.
Mazkur mexanizm aholining zamonaviy maişiy texnika sotib oliş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlari savdosini oşirişga xizmat qilişi közda tutilgan.
Mas’ul idoralarga ikki hafta muddatda tegişli hisob-kitoblarni tayyorlaş hamda tijorat banklariga uşbu maqsadlar uçun arzon moliyaviy resurslar joylaştiriş böyiça aniq takliflar kiritiş topşirildi.
Qayd etilişiça, yangi moliyaviy mexanizm yuzasidan takliflar xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan ötkazilgan muloqot davomida bildirilgan taşabbuslar qatorida körib çiqilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!