Toşkentda 500 kVli «Halqa» podstansiyasi işga tuşirildi
7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga oid ma’lumotda xabar qilindi.
Quvvati 1602 MVA bölgan mazkur obyekt poytaxt va Toşkent viloyatining bir qismida elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş, mavjud tarmoqlardagi yuklamani qayta taqsimlaş imkonini beradi.
Yangi podstansiya işga tuşirilişi natijasida Toşkent issiqlik elektr stansiyasiga tuşadigan yuklama kamayadi va mazutdan foydalanişga ehtiyoj qolmaydi. Bu atmosferaga çiqariladigan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini kamaytirişga ham xizmat qiladi.
Umumiy qiymati 171,4 mln dollar bölgan loyiha Jahon banki iştirokida amalga oşirilgan. Uning doirasida 220 kVli 213 km va 500 kVli 72 km, jami 285 km yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari ham barpo etilgan.
Ayni paytda yangi obyektlarni yagona energetika tizimiga töliq integratsiya qiliş böyiça yakuniy işlar davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!