$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
32° Kechasi 20°

Nobel mukofoti-2015: sovrindorlar portretiga chizgilar

14:46 / 15.10.2015

Nobel tashkiliy qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil mukofot uchun 327 kishi taqdim etilgan bo‘lib, ular orasida 57 nafari ilk bora saralashda ishtirok etmoqda.

Dushanba kuni zo‘rlar ichida eng zo‘rlarni aniqlab, oltita Nobel mukofotining so‘nggisiga loyiq deb topilgan nomzodlar ismlari qayd etildi.

 

2015 yilning iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori – Angus Diton

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga 2015 yilda“iste'mol, qashshoqlik va boylik” sohasidagi tahliliy tadqiqoti uchun 69 yoshli ingliz-amerika iqtisodchisi Angus Diton loyiq deb topildi.

Kelasi dushanba kuni 70 yoshni qarshilaydigan Diton mikroiqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullanadi. O‘z ishlarida u iste'molchilarning xulq-atvori modellari, aholining mikrodarajadagi kambag‘allik va farovonlik masalalarini tahlil etadi.

“Farovonlikka yordam beruvchi va qashshoqlikni kamaytiruvchi iqtisodiy siyosatni tashkil etish uchun biz muayyan iste'molchilar qanday yo‘l tutayotganligini anglashimiz lozim”, - deb o‘tilgan Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi nomasida. – Engus Diton buni tushunishga boshqalaraga qaraganda ko‘proq yordam bergan.

Shunisi diqqatga sazovorki, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotining rasmiy nomi – Shvetsiya davlat bankining iqtisodiy fanlar bo‘yicha Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan mukofotidir. Shved olimining 1895 yilda tayyorlangan nomasida iqtisodiyot haqida hech nima deyilmagan. Dinamit kashfiyotchisi o‘z boyligini tabiiy fanlar vakillari, adabiyotshunoslar va tinchlik uchun kurashuvchilarga berishni istagan.

70 yil davomida mazkur shartlarga amalga qilib kelingan: mukofot tibbiyotshunos, fizik, ximik, yozuvchi, shoir va siyotsatchilarga berib kelingan. Biroq 1968 yildan boshlab Shvetsiya Banki har yili Nobel fondiga bitta Nobel mukofoti mablag‘iga teng bo‘lgan pul o‘tkazadi.

2014 yilda Jan Tirol Nobel mukofotining iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha sovrindoriga aylandi. Taniqli fransuz iqtisodchisi “bozor va muvofiqlashtirishdagi o‘rin tahlili” uchun mukofotga loyiq deb topildi.

 

2015 yil Tinchlik uchun Nobel mukofoti - Tunis Milliy dialog kvarteti

O‘tgan juma kuni 2015 yilning Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis Milliy dialog kvarteti mamlakatni inqilobdan keyingi demokratlashtirish uchun qo‘lga kiritdi. Kvartet Tunisda 2011 yilda bo‘lib o‘tgan inqilobdan keyin olib borilgan demokratik o‘zgarishlar uchun mazkur mukofotga loyiq deb topildi.

Tadqiqotchilar va bukmekerlarning fikriga ko‘ra, Germaniya federal kansleri Angela Merkel ushbu yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga asosiy da'vogarlardan biri edi.

2014 yilda tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti pokistonlik Malale Yusufzay va hindistonlik Kaylash Satiartxilarga “bolalar va yoshlar huquqlarini poymol qilishga qarshi kurashish va barcha bolalarning ta'lim olishga bo‘lgan huquqi uchun kurash”sababli berilgan edi.

 

2015 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti – Svetlana Aleksiyevich

2015 yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti “uning ko‘p so‘zli ijodi – bizning davrimizdagi aziyat chekish va jasurlik xotirasi” uchun belorussiyalik yozuvchi Svetlana Aleksiyevichga taqdim etildi.

Svetlana Aleksiyevich asli ukrainalik, u 1948 yilda Ivano-Frankovskda tavallud topgan.

Shuni ta'kidlash joizki, 2015 yilda Britaniya bukmekerlik idorasi Ladbrokes ro‘yxatida salohiyatli sovrindorlar orasida “U voyny ne jyenskoye litso” (Urush ayollar yuziga ega emas), “Tsinkovyye malchiki”, (Tsinkli bolalar), “Chernobylskaya molitva” (Chernobil duosi) kabi tadqiqotlar muallifi Svetlana Aleksiyevich birinchi o‘rinda edi.

Yozuvchining oppozitsion fikrlariga qaramay, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Aleksiyevichni Nobel mukofoti bilan qutladi.

2014 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini fransuz yozuvchisi Patrik Modiano qo‘lga kiritgan. Yozuvchi “xotirada iz qoldirish san'ati uchun”, shuningdek okkupatsiyada sharoitidagi odamlar hayoti va taqdirini hikoya qila olish qobiliyati uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan.

 

2015 yilda ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti - Shvetsiya va AQShdan olimlar triosi

2015 yilda ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti shvetsiyalik Tomas Lindel, amerikalik Pol Mondrix, kelib chiqishi Turkiyadan bo‘lgan amerikalik Aziz Sankarga shikastlangan DNKni qayta tiklash jarayonini tadqiq etish uchun taqdim etildi. 

Qayta tiklash reparatsiya – hujayralarning o‘ziga xos funksiyasi bo‘lib, ular DNK molekulalaridagi ximik shikastlanishlarni to‘g‘irlash qobiliyatiga ega.

Mukofotni o‘zaro bo‘lishgan olimlarbir-birlaridan mustaqil tarzda DNKlarning o‘z hujayoralarini “to‘g‘rilash” mexanizmalarini tavirladilar hamda tushuntirib berdilar.

O‘tgan yili ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti Erik Betsig, Shtefan Xellyu, Erik Mernerga yuqori kengaytmali fluoressent mikroskopiyani ishlab chiqqanliklari uchun berilgan.

 

2015 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti - Takaaki Kadzita va Artur Makdonaldo

2015 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga yaponiyalik Takaaki Kadzita va kanadalik Artur Makdonald “massasi mavjudligini isbotlovchi neytrino ossillyatsiyasini kashf etganlik uchun” berilgan.

Olimlarning tadqiqotlari neytrin ossillyatsiyasi haqiqat ekanligini isbotladi.

2014 yilda mazkur mukofot yaponiyalik olim Isamu Akasaki, Xirosi Amano va Syudzi Nakamuraga ko‘k svetodiod va yorug‘likning energiya jihatidan samarali manbalarini kashf qilganligi uchun berilgan.

 

2015 yilda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti – Uilyam Kembell, Satosi Omura va Yuyu Tu

O‘tgan haftada meditsina va fiziologiya bo‘yicha Nobel sovrindorlari aniqlandi. Irlandiyalik Uilyam Kembell va yaponiyalik Satosi Omura parazitlar bilan kurashash sohasidagi kashfiyoti uchun, shuningdek xitoylik Yuyu Tu malyariya bilan kurash sohasidagi kashfiyoti uchun sovrindorlar deb topildi.

Kembel va Omura mukofotni teng bo‘lishadilar. Ular Streptomyces avermitilis zamburug‘lari hayotining mahsuloti bo‘lgan avermektinlar asosida dorilarning yangi sinfini kashf etishga muvaffaq bo‘lishdi, bu esa parazit qurtlar tomonidan yuqtiriladigan infeksiyalarni davolashda yordam beradi. Mukofotning ikkinchi qismi xitoylik olimga nasib etdi.

2014 yilda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga norvegiyalik fiziolog Edvard va Mey-Britt Mozer hamda britaniyalik nevrolog Jon O’Kifga miya borliqda qanday qilib yo‘nalish olishiga oydinlik kiritishgani uchun berilgan.

 

Mukofotlarni topshirish va ularning qiymati

Mukofot tashkiliy qo‘mitasining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yilda mukofotgan 327 kishining nomzodi taqdim etilgan, ulardan 57 tasi ilk marotaba.

Taqdirlash marosimi an'anaga ko‘ra 10 dekabr – Nobel mukofoti asoschisi, shved tadbirkori va kashfiyotchisi Alfred Nobelning vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur yilda mukofot hajmi avvalgi ikki yil kabi 8 mln shved kronini tashkil etadi. Shu bilan birga, shved valutasi kursining pasayishi tufayli mukofot hajmi 15 yil ichida ilk bora 1 mln AQSh dollaridan kam bo‘ladi va taxminan 977 ming AQSh dollarini tashkil etadi.


Bu ham qiziq

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025
Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o…
15:54 / 25.06.2025
28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:59 / 27.06.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi avvalroq boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
15:01 / 28.06.2025
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish…
14:30 / 26.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!