$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Oliy Majlisi Senatining 24-yalpi majlisining chaqirilish sanasi ma’lum qilindi. Unda qanday masalalar ko‘tariladi?

14:35 / 25.11.2019

2019-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib borgan mazkur majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisini joriy yil 30-noyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2020-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni muhokama qilinadi

Yalpi majlisda dastavval mamlakatimiz tarixida ilk bor qabul qilingan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilinadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitiladi.

Yana bir Konvensiyaga doir Bayonnoma ratifikatsiya qilinadi

Bundan tashqari, senatorlar tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi, bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqadi. 

Senat a’zolari tomonidan “1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga doir Bayonnomani (Moskva, 1997-yil 28-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama qilinadi. 

Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish haqidagi masala ham ko‘riladi

Shuningdek, Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, arzon uy-joy qurilishi, gaz, elektr ta’minoti bilan bog‘liq parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ham muhokama qiladilar.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati 
 


Bu ham qiziq

“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratilgan.
13:57 / 15.05.2025
“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rs…
14:15 / 15.05.2025
Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
09:25 / 14.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezko…
08:41 / 15.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!