$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: AQSh nega Birinchi Jahon urushida g‘olib bo‘lishni istamagan? AQSh Antanta tomonidan urushga kirgan kun

12:10 / 06.04.2020

Birinchi Jahon urushi
1914-yil 28-iyuldan 1918-yil 11-noyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tgan Birinchi Jahon urushida qatnashgan mamlakatlar ikkita harbiy-siyosiy guruhga bo‘lingan:
• To‘rtlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Bolgariya qirolligi;
• Antanta: Rossiya imperiyasi, Fransuz Respublikasi, Britaniya imperiyasi.

Antanta “Uchlik ittifoqi”, “Uchlar Ittifoqi” deb ham yuritilib, 1904-1907-yillarda shakllanadi. To‘rtlar ittifoqi va Antantaning maqsadi XIX asr oxirida bo‘lingan dunyoni qayta taqsimlash edi.

Birinchi Jahon urushi davrida Antantaga Serbiya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Gretsiya va Ruminiya kirgan. AQSh urush boshlanganida betaraflik e’lon qilib, keyinchalik Antantaga qo‘shiladi.

AQShning Antantaga qo‘shilishi va urushga kirishi
• AQSh betaraflik e’lon qilib, avvaliga urush borishini diqqat bilan kuzatib bordi. U urushuvchi ittifoqlarning birortasi ham to‘liq g‘alaba qozonishini va urush tugashini istamas edi. AQSh Yevropaning bir-biriga dushman bo‘lgan davlatlar guruhiga bo‘lingancha qolishini istar edi.

• Urush katta harbiy xarajatlar talab qilishi va uzoq cho‘zilishini bilgan AQSh juda katta moliyaviy foyda ko‘rishini biladi. Bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni istamagan AQSh Antantaga yordam ko‘rsata boshladi.

• 1915-yilda AQSh Buyuk Britaniya va Fransiya bilan 500 million dollar miqdorida qarz berish haqidagi shartnomani imzoladi. Asta-sekin Yevropadagi 20 davlatning AQShdan qarzi 10 milliardni tashkil etdi.

• 1917-yilning 3-fevralidan boshlab Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi cheklanmagan suvosti urushi e’lon qildi. Bu urush AQSh manfaatlariga ham katta zarar yetkazdi.

• Qulay fursatdan foydalangan AQSh hukumati 6-aprel kuni Antanta tomonidan urushga kirdi va Germaniyaga urush e’lon qildi.

Urush yakunlari
• AQShning urushga kirishi urush taqdirini Antanta foydasiga hal etilishida katta omil bo‘lgan. Buni 1917-yilda Antanta qurolli kuchlarining son jihatdan ustunligi 40 foizni tashkil etganidan bilib olishimiz ham mumkin.

• Birinchi Jahon urushi 1918-yil 11-noyabrda Germaniyaning Antantaga taslim bo‘lishi bilan yakunlandi. Urush g‘olibi bo‘lgan davlatlar bilan yengilgan davlatlar o‘rtasida shartnoma imzolangan. G‘olib tomon yengilgan tomonga o‘z xohish va shartlarini o‘tkaza olgan.

• G‘olib Antanta bilan To‘rtlar ittifoqi o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining matnini tuzish uchun Fransiya poytaxti Parij shahrida 27 davlat delegatsiyasi to‘plandi.

• Versal saroyida 5 ta davlat (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya va Turkiya) bilan imzolanadigan 5 ta shartnoma matni tayyorlandi. Shu 5 ta shartnoma birgalikda “Versal tizimi”, deb ataldi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!