$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Ko‘z qovogʻi nima uchun uchadi?

14:22 / 28.04.2020

Qovoq uchishi deyarli barchada kuzatiladi. Bu holat bilan bog‘liq bir qancha irim-sirimlar ham mavjud. Ayrimlar o‘ng qovoq uchishi yaxshilikka, chapi esa yomonlikdan dalolat beradi, deb hisoblaydi. Ba’zilar esa bu holatga deyarli e’tibor berishmaydi ham. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqoridagi farazlar noto‘g‘ri.

Sizdagi bu holat tibbiyotda qovoq miokimiyasi deb yuritiladi. Bunda qovoq uchmaydi, balki bu holat yuqori qovoqlarda joylashgan, ko‘z aylana mushaklarining ixtiyorsiz tarzda qisqarishidan yuzaga keladi. Oqibatda qovoq uchganday bo‘ladi. Odatda bu holat faqatgina insonning o‘zigagina seziladi, atrofdagilarga sezilmaydi. Xo‘sh, miokimiyaga nima sabab bo‘ladi?

Sababi nimada?
Miokimiya jiddiy kasallik hisoblanmasa ham, u o‘z vaqtida e’tibor va davolanishni talab etadi. Eng avvalo, buning sababini aniqlash darkor.

1. Stress. Biz kundalik hayotimizda doimo stress qurshovida yashaymiz. Ammo stressga chidamlilik har bir insonda turlicha. Ayrimlarda stress qovoq uchishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu kompyuter bilan uzoq muddat ishlash bilan bog‘liq bo‘lsa, bu stress yig‘ilib borishiga zamin yaratadi. Vaqti-vaqti bilan dam olib ishlash, ko‘zlarga biroz hordiq berish oqibatida qovoq uchishini to‘xtatish mumkin.

2. Charchoq. Yetarlicha uxlamaslik sababli ham ko‘z qovoqlari uchishi mumkin. Bu holatdagi miokimiyani to‘yib uxlash orqali barataraf etsa bo‘ladi.

3. Ko‘z zo‘riqishi. Agar sizda ko‘rish o‘tkirligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa-yu, ko‘zoynak yoki linza taqmay yursangiz ko‘z zo‘riqa boshlaydi. Kompyuterda uzoq muddat ishlash ham ko‘z zo‘riqishiga olib keladi.

4. Kofein yoki alkogol. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, tarkibida kofein mavjud bo‘lgan (qahva, gazli ichimliklar) va spirtli ichimliklar iste’moli ko‘z atrofidagi mushaklarning spazmiga sabab bo‘ladi.

5. Ko‘zdagi quruqlik. Ko‘z muguz pardasining ko‘z yoshi suyuqligi bilan namlanishining buzilishi oqibatida ko‘zda quruqlik yuzaga keladi. Bunda ko‘z yoshi qopchasidan suyuqlik ajaralishi kamayadi yoki to‘xtaydi. Tibbiyotda bu holat “quruq ko‘zlar” sindromi deb yuritiladi.

6. Ovqatlanish tartibiga amal qilmaslik. Kundalik ovqatlanish tarkibida magniy moddasining yetishmasligi mushaklar spazmiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun magniyga boy mahsulotlardan (grechka, yong‘oq, bodom, suli yormasi, dengiz karami, bug‘doy uni, no‘xat, loviya kabi) imkon qadar ko‘proq bahramand bo‘ling.

7. Allergiya. Allergiyasi bor bemorlar ko‘z qichishidan, yoshlanishidan shikoyat qilishadi. Ko‘zni ko‘p ishqalash mushaklarning beixtiyor qisqarishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bartaraf etamiz
Qovoq uchishi yoqimli holat emas. Bu holatni payqashingiz bilan, albatta, shifokorga murojaat etish lozim. Miokimiyaga ko‘p holatlarda sizning hayot tarzingiz sabab bo‘ladi. Shu sababli vaqtida ishlashga va vaqtida hordiq chiqarishga harakat qiling. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni chetlashga urinib ko‘ring. Asab tizimining me’yoriy faoliyati uchun talab etiluvchi magniy, V guruhi vitaminlariga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qiling. Kompyuterda 40-45 daqiqa ishlash davomida 10-15 daqiqa ko‘zingizni dam oldiring. Qovoq uchishi quruq ko‘zlar sindromi tufayli kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokoringiz ko‘z shilliq qavatini namlantiruvchi tomchi dorilardan tomizishni tavsiya etadi. Ammo buni ham shifokor nazorati bilan amalga oshirish lozim.


Bu ham qiziq

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!